Kevin-Prins Boateng: “Shalke” muxlislar istagan o'yinni namoyish etayapti”
Tolibjon Qosimov
11 fev 2014, 12:18
“Shalke” yarim himoyachisi Kevin-Prins Boateng gelzenkirxenliklarning yaxshi natija ko'rsatayotganini ta'kidladi.
- Biz ham o'z o'yinimizdan zavqlanamiz. Fikrimcha ayni paytda “Shalke” xohlagan raqibini mag'lub eta olishi mumkin va buni muxlislar ham juda yaxshi bilishadi, - Boatengning so'zlarini keltiradi soccerway.com.