Kevin Gameyro "Granada"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi, lekin "Bayer" bilan o'ynaydi
Tolibjon Qosimov
11 mar 2017, 13:24
"Atletiko" hujumchisi Kevin Gameyroning chov mushaklari shikastlangan tashhisi qo'yildi.
Bu haqda "AFP" xabar berdi. Futbolchi Ispaniya chempionatining navbatdagi turida "Granada"ga qarshi kechadigan bahsni o'tkazib yuboradi. Lekin, YCHL 1/8 final javob o'yini doirasida "Bayer" bilan o'ynashi mumkin.