Kevin de Bryuyne shaxsiy rekordini yangiladi

3 iyul 2020, 08:15
“Manchester Siti” yarim himoyachisi APLda joriy mavsumni sermahsul o'tkazmoqda.

“Liverpul”ga qarshi bahsda (4:0) Kevin de Bryuyne 1 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachi uchun bu joriy mavsum APLdagi 11-gol bo'ldi. Shu tariqa futbolchi milliy chempionatlar doirasida o'zining shaxsiy rekordini yangiladi.

Kevinning shaxsiy rekordi Bundesligada bo'lgan vaqtida qayd etilgandi. “Volfsburg” (2014/15) va “Verder” (2012/13) da 10 tadan gol urishga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta