Kevin de Bryuyne dunyoning eng boy jamoalaridan biriga o'tishi mumkin

Khoja
4 apr 2025, 08:31
Manchester Siti sardori Kevin de Bryuyne faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Unga dunyoning eng boy jamoalaridan biri Neom CK jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ayni vaqtda Saudiya chempionatining ikkinchi ligasida harakat qilayotgan jamoa belgiyalik futbolchiga 2 yillik shartnoma taklif qilmoqchi.  

Ma'lumot uchun, Ayni paytda Neom SK 57 ochko to'plagan holda Saudiya ikkinchi divizionida peshqadamlik qilmoqda.  Kevinning o'zi esa joriy mavsum 31 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 7 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com