Ketma-ket uchinchi yil bir xil final ko'ramiz

Aslanov Jasurbek
16 dek 2020, 18:57
Bugun O'zbekiston kubogi yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Bu yilgi finalda "Paxtakor" va AGMK jamoalari o'zaro to'qnash keladigan bo'ldi. Shu bilan birga mazkur juftlik ketma-ket uchinchi bor finalda kuch sinashadi. 2018 yil Farg'onada o'tkazilgan uchrashuvda AGMK 3:1 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, o'tgan yili "Lokomotiv" stadioni mezbonlik qilgan o'yinda Shota Arveladze shogirdlari 3:0 natijasida ustun kelgan edi. Bunday holat 2007, 2008, 2009 yillarda "Bunyodkor" va "Paxtakor" o'rtasida ham ro'y bergan, ularning ikkitasida "sherlar" zafar quchgan, bitta bahsda esa "qaldirg'ochlar" zafar quchgan. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia