Kesse "Barselona"da qancha maosh oladi?

Sherzod Nurmatov
17 mar 2022
"Milan" yarim himoyachisi Frank Kesse "Barselona"da yiliga 6,5 million evro maosh olishi ma'lum bo'ldi.

Xabarga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" ivuarlik futbolchi uchun 42,5 million evro sarflashadi.

Bu summaga shartnomadagi besh yillik maosh va futbolchining agentiga to'lanadigan 10 million miqdordagi komissiya kiradi.

Eslatib o'tamiz, Kesse "Barsa"ga erkin agent sifatida o'tadi.

Xavbek joriy mavsumda "Milan" safida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer qiymati 48 million evroni tashkil qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport