Kerrik "Manchester Yunayted"da uning o'rnini egallaydigan futbolchining ismini aytdi

Tolibjon Qosimov
17 fev 2018, 20:32
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Maykl Kerrik o'zining o'rinbosari nomini aytib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, Maykl faoliyatini yakunlashini ma'lum qilgan. MYU uning o'rniga futbolchi qidirmoqda, lekin Kerrik jamoada bunday o'yinchi borligiga ishonmoqda.

"Bir kun mening o'rnimni Maktominey egallaydi. Skott - MYUning kelajagi. Men unga yordam berishga harakat qilaman. Bu mening vazifam. Menga yosh o'yinchilarning qanday qilib jamoaga kelishini kuzatish yoqadi", - dedi Kerrik.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manutd.com