Kerrik: "Kobbi Maynu - fantastik futbolchi"

Sherzod Nurmatov
19 yanv 2026
"Manchester Yunayted" yangi bosh murabbiyi Maykl Kerrik "Manchester Siti" ustidan qozonilgan derbidagi g'alabadan keyin Kobbi Maynu haqida iliq fikrlar bildirdi.

"Kobbi Maynu - fantastik futbolchi. Unda ulkan istedod va katta qobiliyat bor. U juda muhim o'yinlarda maydonga tushib, o'zini ko'rsata oldi. Men undan yanada ko'prog'ini kutaman", – dedi Kerrik.

Eslatib o'tamiz, MYU uchrashuvda 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Maynu o'yinda eng yuqori baholardan birini oldi.

Kerrik uchun bu "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi sifatidagi ilk o'yin bo'ldi.

22-turdan so'ng jamoa 35 ochko bilan APL turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports