Kerollning transferi amalga oshmay qolishi mumkin

“Vest Xem” hujumchisi Endi Kerrol jarohati bois “Chelsi”ga transfer qilinmasligi mumkin.

29 yoshli hujumchi bugun jamoasining mashg'ulotlarini yakuniga etkaza olmadi va tibbiy tekshiruvdan o'tdi.

Tekshiruv natijalariga ko'ra futbolchi jarohat olgani ma'lum bo'ldi. Keroll 4-6 haftani maydon tashqarisiga o'tkazishga majbur. Agar u jarrohlik stoliga yotqiziladigan bo'lsa, kamida to'rt oydan keyin safga qaytishi mumkin.

Ushbu jarohati bois futbolchining “Chelsi”ga transferi amalga oshmay qolishi ham mumkin.


Manba: The Telegraph