Kelvert-Lyuin - APLning sentyabr oyidagi eng yaxshi o'yinchisi

Alisher
9 okt 2020
Premer-liga chempionatning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisini e'lon qildi.

Bu nomga "Everton" forvardi Dominik Kelvert-Lyuin munosib deb topildi. Hujumchi APL doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.

23 yoshli o'yinchi bundan oldin Angliya terma jamoasidagi debyut o'yinida dubl qayd etgan edi. U joriy mavsum klub va terma safida umumiy 7ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urishga erishdi.

Mukofot uchun shuningdek quyidagilar davogarlik qilishgan edi: Patrik Bemford (Lids), Xames Rodriges (Everton), Timoti Kastan, Jeymi Vardi (ikkisi ham – Lester), Xarri Keyn (Tottenxem), Tarik Lempti (Brayton) va Sadio Mane (Liverpul).


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/premierleague