Kellini: "Senlar hakamni sotib olgansan" (FOTO)

Aslanov Jasurbek
12 apr 2018
"Real"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak final javob o'yinida "Yuventus" himoyachisi Jorje Kellini turinliklar darvozasiga penalti belgilanganidan so'ng madridliklarni hakamga pora berganlikda aybladi.

Eslatib o'tamiz, "Qirollik klubi" yarim himoyachisi Lukas Vaskes yiqilganidan so'ng hakam 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Referining fikricha, turinliklar himoyachisi Mexdi Benatiya madridliklar futbolchisini turtib yuborgan. Krishtianu Ronaldu penaltini amalga oshirib, o'z jamoasini yarim final bosqichiga olib chiqdi.

Kellini esa imo-ishoralar bilan "Real" hakamga pora berganini aytdi: "Senlar hakamni sotib olgansan".


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports