Kellini: "Ronaldu "Yuventus"ga o'tadi deb o'ylamagandim"

Alisher
18 sen 2020, 18:00
"Yuventus" himoyachisi Jorjo Kellini Krishtianu Ronalduning 2 yil oldin jamoaga o'tgani haqida gapirdi.

"Ronaldu jamoamizga qo'shimcha qiymat qo'shdi. U "Yuventus"ga o'tadi deb o'ylamagandim va bunday chempion bilan birga o'ynash imkoniyati tug'ilganidan juda ham xursand bo'lgan edim", - deydi Kellini.

Kellini shuningdek "Yuventus"ning maqsadi haqida gapirdi.

"Chempionlar Ligasi - bizning maqsadimiz, orzuimiz. "Yuventus" buni 1996 yildan beri qilishni xohlaydi", - deydi Kellini.

"Yuventus" Chempionlar Ligasidagi so'nggi 5ta finalni boy bergan - 1997, 1998, 2003, 2015 va 2017 yillar.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Fanpage.it