Kellini Ibragimovichda nima uchun "Oltin to'p" yo'qligi sababini ochiqladi

Sherzod Nurmatov
15 mar 2022, 21:02
Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Jorjo Kellini "Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.

"Oldin Ibragimovich mening eng kuchli raqibim edi. Uning faoliyati Ronaldu va Messi davriga to'g'ri kelgani chakki bo'ldi. Agar ular bo'lmaganida Zlatan bir nechta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan bo'lardi", – dedi Kellini.

40 yoshli Ibragimovichning eng yaxshi natijasi 2013 yilgi "Oltin to'p" sohibiga ovoz berishda egallagan to'rtinchi o'rin bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca