Keller: "Bavariya"ni faqatgina "Bavariya"ni o'zi yutishi mumkin"

31 iyul 2014, 22:07
"Shalke" jamoasi bosh murabbiyi Yens Keller fikricha, Myunxenning "Bavariya" klubini faqatgina o'zlari mag'lub eta olishar ekan.

Biz Chempionlar ligasi yo'llanmasi uchun kurashamiz va o'z o'yinimizni kuchaytirishni istaymiz. So'nggi mavsumda "Borussiya D" bizdan biroz oldinda edi. "Bavariya"dan esa 26 ochkoga ortda qoldik. Jahon chempionati sababli ko'pchilik "Bavariya" mavsumni bir tekisda o'tkaza olmasligi haqida gapirmoqda. Lekin ular safida Frank Riberi, Robert Levandovski, Xolger Badshtuber, David Alaba kabi mavsumga ancha tayyor bo'lgan futbolchilari ham bor. "Bavariya"ni faqatgina "Bavariya"ni o'zi yutishi mumkin.



Manba: championat.com