"Kelajak umidlari" tadbiri bugun Yashnobod tumanida davom ettirildi (foto+video)

Xayrulla Xoliqov
26 dek 2017, 19:25
O'zbekiston futbol federatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan bolalar uchun "Kelajak umidlari" tadbiri bugun Yashnobod tumanidagi maktab va maktabgacha talim muassasalarida davom ettirildi.

Bugun O'FF vakili Begzod Aripov, Toshkent shahar futbol federatsiyasi vice-prezidenti Nodirxo'ja Yuldashev, "Paxtakor" futbol klubi yetakchilari Kamoliddin Tojiev bilan Jamshid Iskanderov, "Odil Junior Carpi" futbol maktabi murabbiylari hamda saytimiz xodimlari tumandagi 204, 244-o'rta maktab, shuningdek 149, 557-bolalar bog'chalarida bo'lib, bolakaylarga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining bayram sovg'alarini topshirishdi.

Tadbir shunchaki bolalarga sovg'a ulashishdan iborat bo'lmadi, balki har bir bog'cha va maktabdagi bolakaylar bilan turli sport tadbirlari ham tashkil qilindi. Bolalar o'rtasida qiziqarli estafelar o'tkazildi. Ayniqsa 204-o'rta maktabdagi futbol musobaqasi juda qizg'in kechdi. Bunda Jamshid Iskanderov boshchiligidagi bolalar jamoasi Kamoliddin Tojiev jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Albatta, bu tadbir ham futbolsiz o'tmadi. Bolajonlar to'p tepib o'yindan zavq olishdi. Hammaning e'tiborini o'ziga qaratgan penaltilar seriyasi esa bolakaylarning o'ziga ham juda manzur bo'ldi. Ertaga bunday tadbirlar poytaxtning barcha tumanlari bo'ylab yana davom ettiriladi. Eng asosiysi Yangi yil bayrami arafasida bolajonlarning kayfiyati ko'tarilsa bo'lgani.

TAS-IX


























O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia