Kechagi kun qahramonlari FOTO

Narzulla Saydullayev
29 noya 2015, 15:30
Kecha Yevropa milliy chempionatlarida navbatdagi tur o'yinlari start oldi.

Biz odatga ko'ra kechagi kun qahramonlarini sizlarning yodingizga solamiz.


"Bornmut" - "Everton" 3:3
Qahramon: Mezbonlar vakili Junior Stanislas 2ta gol urib jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. 



"Kristal Pelas" - "Nyukasl" 5:1
Qahramon: Maydon egalari hujumchisi Yannik Bolazi "Nyukasl" darvozasiga ikkita gol urdi. 



"Manchester Siti" - "Sautgempton" 3:1
Qahramon: "Siti"ga ko'chib o'tgan Kevin De Bryuyne bu o'yinda bitta gol urdi va 2ta golli pas oshirdi.



"Lester" - "Manchester Yunayted" 1:1
Qahramon: Jeymi Vardi - no comment. 



PSJ - "Trua" 4:1
Qahramon: Parijliklar yarim himoyachisi Anxel Di Mariyaning 2ta to'p uzatishidan keyin 2ta gol urildi. 



"Bavariya" - "Gerta" 2:0
Qahramon: Fransiyalik Kingsli Koman yetakchilarning yo'qligini bilintirmadi va gol urishga erishdi.  



"Xoffenxaym" - "Borussiya M" 3:3
Qahramon: Bu mavsumda umuman gol urmagan va golli pas oshirmagan 19 yoshli Nadiem Amiri kecha to'p kiritdi va 2ta golli pas oshirdi!



"Milan" - "Sampdoriya" 4:1
Qahramon: "Rossonerlar" hujumchisi Mbaye Nyang dublga erishdi hamda 1ta golga hammualliflik qildi. 



"Barselona" - "Real Sosedad" 4:0
Qahramon: Neymar "Sosedad"ga qarshi bahsda ikkita to'p kiritdi va Messiga golli pas oshirib berdi.


Narzulla Saydullaev tayyorladi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia