Kechagi kun qahramonlari. Akinfeev va boshqalar FOTO

Narzulla Saydullayev
6 sen 2015, 11:30
Kecha Yevropa chempionati saralashi doirasidagi bir qator o'yinlar bo'lib o'tdi.
Ukraina - Belarus 3:1
Qahramon: O'yinda penaltidan gol urib uni o'z qizalog'iga bag'ishlagan Evgeniy Konoplyanka




Chernogoriya - Lixtenshteyn 2:0
Qahramon: Gol va golli pas oshirgan Stefan Yovetich




Shveytsariya - Sloveniya 3:2
Qahramon: O'yin davomida 0:2 hisobida yutqazayotgan mezbonlar so'nggi 10 daqiqada 3ta gol urishdi. Shundan ikkitasini Yosip Drmich urdi.




Avstriya - Moldova 1:0
Qahramon: O'yinda yagona gol urgan Zlatko Yunuzovich




San Marino - Angliya 0:6
Qahramon: Uchrashuvda hisobni ochgan Ueyn Runi Bobbi Charltonning gol urish borasidagi rekordini takrorladi




Ispaniya - Slovakiya 2:0
Qahramon: O'yinda hisobni ochgan himoyachi Xordi Alba




Rossiya - Shvetsiya 1:0
Qahramonlar: O'yin davomida shvedlarning bir nechta zarbalarini qaytargan Igor Akinfeev va g'alaba golini urgan Artyom Dzyuba




O'rtoqlik uchrashuvi. Braziliya - Kosta-Rika 1:0
Qahramon: Uzoq muddatli tanaffusdan so'ng terma jamoaga chaqirilgan Xalk o'yindagi yagona golni urdi




Narzulla Saydullaev tayyorladi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia