Kecha "Barselona" o'zining YCHLdagi eng qari tarkibini tushirdi

Tolibjon Qosimov
2 may 2019, 15:57
Kecha tunda Chempionlar ligasi yarim finalida "Barselona" jamoasi "Liverpul"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi.

Ana shu uchrashuvda kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ernesto Valverde jamoaning ushbu musobaqadagi eng qari tarkibini maydonga tushirdi. "Barselona"ning o'rtacha yoshi 29 yosh 210 kunni tashkil etdi.

"Ko'k-anorranglilar" birinchi o'zgarishni hisob 1:0 bo'lib turganda 60-daqiqada amalga oshirishdi. 26 yoshli Filippe Koutino o'rniga 25 yoshli Nelson Semedu tushdi.

Yana ikki nafar o'yinchi esa qo'shimcha daqiqalarda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/GracenoteLive