

"Diario AS" nashrida takidlanishicha, fransiyalik mutaxassis Eduardu Kamavinga ("Renn"), Bubakari Sumare ("Lill") va Ngolo Kante ("Chelsi") singari futbolchilarning nomzodlarini ko'rib chiqmoqda.
Kanteni xarid qilish jarayoni ham tashkiliy, ham moliyaviy tomondan juda qiyinligi inobatga olinsa, kelasi mavsum "qirollik klubi" safida Kamavinga yoki Sumare paydo bo'lishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Karlos Kazemiro ushbu mavsum maydonda 3120 daqiqa (35 o'yin) harakatlandi. Bu "qaymoqranglilar" tarkibidagi eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi.


