​Kayl Uokerning APLdagi uchrashuvlari soni 250 taga etdi

30 yanv 2019, 07:55
28 yoshli futbolchi kecha “Manchester Siti” safida APLning 24-turidan o'rin olgan “Nyukasl”ga qarshi o'yinda maydonga tushdi.

Bu Kayl Uoker uchun APLdagi 250-o'yin bo'ldi. Uoker APLda 2009/10 yilgi mavsumda debyut qilgan. U o'shanda “Tottenxem” futbolchisi edi. Bundan tashqari Uoker “Aston Villa” tarkibida ham to'p surgan.

“Siti” futbolchisi joriy mavsum APLning 19 ta o'yinida qatnashib, 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: FootballHD