

"2 ochko yo'qotdik. Raqib darvozasi oldida ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik, ulardan gol urish kerak edi. Biroq hech kimni ayblamayman. Hujumchining omadi kelmayaptimi, demak, biz himoyachilar ortda turib berib, 3 ochkoni olib berishimiz kerak edi.
Chorshanba kuni "Arsenal" maydonida og'ir o'yin o'tkazdik, bugungi durang esa og'ir zarba bo'ldi. Bu erga kelib, 2 ochko yo'qotish - ishlarning ideal emasligidan dalolat. Umil qilamanki, hali bizning foydamizga ham bir qancha burilishlar bo'ladi va APLni yutamiz", - dedi himoyachi.
Ayni damda "Manchester Siti" zaxirada bir o'yini bor peshqadam "Arsenal"dan 2 ochkoga ortda qolmoqda.



