Kavani va Rabio "Arsenal"ga ko'chib o'tishi mumkin
Narzulla Saydullayev
6 dek 2013, 18:04
"Pari Sen-Jermen" hujumchisi Edinson Kavani va yarim himoyachi Adrien Rabio Londonning "Arsenal" klubiga ko'chib o'tishi mumkin, deb xabar bermoqda "Le Parisien" nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, London klubi skautlari "Pari Sen-Jermen"ning Fransiya chempionati doirasidagi "Sosho"ga qarshi va YCHL 6-turi doirasidagi "Benfika"ga qarshi o'yinlarida ikkala futbolchini kuzatishadi.