Kavani faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin

15 noya 2019, 23:26
PSJ hujumchisi Edinson Kavani mavsum yakunlangach, Italiya A seriyasiga qaytish variantini ko'rib chiqmoqda.

Futbolchining akasi va agenti futbolchiga Italiyadan takliflar bo'layotganini tasdiqladi, ammo Edinson yanvarda jamoasini o'zgartirmasligi aniq.

“Ha, Italiyaga qaytish varianti oldimizda bor, -dedi Valter Kvani calcionapoli26.it. nashriga bergan intervyusida. – Bizga Italiya klublari taklif bilan chiqishdi, ammo ularning nomlarini aytish mavridi emas. Los-Anjeles Gelaksi varianti haqida gapiradigan bo'lsam, Edinson yana kamida bir mavsum Yevropada to'p tepmoqchi. Aniq aytishim mumkin bo'lgan xabar shuki, ukam yanvarda PSJni tark etmaydi”.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia