

Unga ko'ra, navbatdagi Osiyo Kubogi 2024 yil 12 yanvarda start oladi va 10 fevralga qadar davom etadi.
“20 yoshlilar o'rtasidagi Osiyo Kubogi boshlanadigan kunda “katta” Osiyo Kubogi-2023'ning sanalari ma'lum bo'ldi.
Turnir 2024 yil 12 yanvarda boshlanadi va 10 fevralgacha davom etadi. Bu yanvar oyida o'tadigan odatdagi musobaqalardan biroz kechroq:
Qatar-2011 – 7-29 yanvar;
Avstraliya-2015 – 9-31 yanvar;
BAA-2019 – 5 yanvardan 1 fevralgacha.
Boshqa tomondan, bir haftaga surilgan musobaqaning boshlanishi mavsumi noyabr-dekabrda yakunlanadigan termalar (O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston, Xitoy)ga tayyorgarlik uchun qo'shimcha kunlar beradi.
Agar 12-22 dekabr kunlari Saudiya Arabistonida o'tkaziladigan klublar o'rtasidagi JCH-2023 munosabati bilan OCHL o'yinlari bir haftaga surilsa (hozirda 11-13 dekabrga belgilangan), u holda termalar murabbiylarida Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rish uchun bir oydan ko'proq vaqt bo'ladi”, deb yozadi Nikimbaev o'z sahifasiga.




