

"Xoland menga "Inter"dagi Adrianoni yodga solmoqda. Erling - Adriano tezligidagi Zlatan Ibragimovich. Umuman olganda Zlatanning texnikasi Xolanddan ko'ra yaxshiroq.
Robert Levandovski va Karim Benzema bilan solishtirganda Xoland futbol o'ynashni bilmaydigandek. U zo'r to'purar, biroq siz futbol o'ynashni bilmaydigan to'purarni afzal ko'rasizmi?", - dedi italiyalik.
Norvegiyalik forvard 32 gol bilan APL to'purarlari ro'yxatida peshqadam bo'lib turibdi.



