Kassano - Sarrining "Yuventus"dagi faoliyati haqida: "Biz 4 oydan buyon kutyapmiz"

Mirjalol Normatov
9 dek 2019, 20:56
O'tmishning mashhur futbolchilaridan biri Antonio Kassano "Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarrining faoliyati haqida gapirdi.

"Barcha muxlislar Sarri borasida yana biroz sabr qilishimizni so'rayapti. Biroq biz 4 oydan buyon kutyapmiz! "Yuventus" ilk kuchli jamoaga kelganida mag'lub bo'ldi.

"Yuventus"ga Kellini yetishmayapti. U nafaqat maydonda, balki uning tashqarisida ham jamoaning yetakchisi hisoblanadi. Ayni damda qiynalayotgan de Ligtga Kellini katta yordam bergan bo'lardi. Bonuchchi esa ustoz bo'la oladigan futbolchi emas", - dedi Kassano.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tiki Taka