
"Pogba 120 mln. evro turadimi? Men uchun yo'q. Rodriges - 80 mln. evro? Yo'q, ammo agar u shuncha tursa, Inestaning narxi uning yoshida qancha bo'lishi kerak?
Balotelliga keladigan bo'lsak, Marioga barcha yaxshi niyatlarni tilayman. U Fransiya chempionatida o'zini yaxshi ko'rsatdi, ammo u va Pogba ortiqcha baho berib yuborilgan futbolchilar. Ularning omadi kelgan, chunki bu ikki futbolchining agenti Mino Rayola. Rayolasiz hozirgi shartnomalar bo'lmas edi" - deydi Kassano.