Kassano Italiya A seriyasidagi 100-golini urdi

Narzulla Saydullayev
1 dek 2013
Parma hujumchisi Antonio Kassano Italiya A seriyasining 14-turida Bolonyaga qarshi o'yinda gol urdi (1:1).
Shu tariqa, 31 yoshli hujumchi milliy chempionatdagi 100-golini urdi.

Kassano Italiya oliy divizionida Bari, Roma, Sampdoriya, Milan va Inter kabi klublarda o'ynagan. Bundan tashqari u Ispaniya chempionati vakili Real safida ham faoliyat olib borgan.

Bu mavsumda Kassano 14ta o'yinda 6ta gol urdi va 5ta golli pas oshirdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru