"Kaspiy kubogi-2014". O'smirlarimiz kecha Turkiyaga yutqazishdi, bugun Yaponiya bilan o'yin

Narzulla Saydullayev
2 iyun 2014, 11:17
Temur Olimxo'jaev qo'l ostidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 5 iyunga qadar davom etadigan Kaspiy Kubogi musobaqasida ishtirok etishmoqda.
Kecha o'smirlarimiz guruh bosqichidagi so'nggi uchrashuvda Turkiyaga 0:2 hisobida yutqazib qo'yishdi.

Guruhda ikkinchi o'rinni band etgan O'zbekiston endi bugun Yaponiya bilan o'ynaydi.


Guruhdagi o'yinlar:
29 may. Turkiya - Qozog'iston 3:1
30 may. O'zbekiston - Qozog'iston 8:1
1 iyun. Turkiya – O'zbekiston 2:0


Navbatdagi o'yinlar
2 iyun
5-8-o'rinlar uchun

17:00. Bolgariya - Qirg'iziston
17:00. Yaponiya – O'zbekiston

9-12-o'rinlar uchun

20:00. Afg'oniston – Ozarboyjon U-16
20:00. Gruziya - Qozog'iston
 
3 iyun
1-4-o'rinlar uchun

17:00. Ozarboyjon U-17 - Eron
20:00. Tojikiston – Turkiya

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia