Kasorla jarohat bilan kurashmoqda

4 dek 2019, 01:50
U "Atletiko"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

"Vilyarreal" yarim himoyachisi Santi Kasorla ayni damda shifokorlar nazoratida bo'lib turibdi. "Arsenal"ning sobiq futbolchisi tizzasidan olgan jarohatidan keyin tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda, shu tufayli u o'tgan hafta "Valensiya"ga (1:2) qarshi uchrashuvni ham o'tkazib yuborgandi.Ma'lum bo'lishicha, Kasorlaning jarohati jiddiy emas, ammo u juma kuni o'tkaziladigan "Atletiko" bilan o'inni o'tkazib yuboradi.

Shuningdek, Ramiro Gerra, Bruno Soriano va Alberto Moreno kabi futbolchilar ham keyingi turda "sariq suvosti kemasi"ga yordam berolmaydilar.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo