Kasilyas: "Real" va "Atletiko" o'rtasidagi bahsda favorit yo'q"
Aslanov Jasurbek
28 may 2016
"Real" sobiq darvozaboni, hozirda "Portu" sharafini himoya qilayotgan Iker Kasilyas Milanda "Qirollik klubi" va "Atletiko" o'rtasida bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi finali haqida fikr bildirdi.
"Barchaning og'zida "Real" bo'lishini istayman. Bu bahsda favorit bor deb o'ylamayman. O'z tajribamdan bir misol: 16 yil avval "Valensiya"ga qarshi finalda raqiblarni yetakchi deyishgan. Ammo biz 3:0 hisobida g'alaba qozondik" - deydi Kasilyas.