Kasilyas Dubayda darvozabonlarni tayyorlovchi markaz ochdi

Omonjon To`xtamirzayev
9 sen 2021
"Real Madrid" va Ispaniya termasi sobiq posboni Iker Kasilyas o'zining Ispaniyadan tashqaridagi (Dubayda) darvozabonlar tayyorlovchi birinchi markazni ochdi.

Dubay sport kengashining ma'lum qilishicha, bu loyiha "Birlashgan Arab Amirliklari va Yaqin Sharqdagi yosh darvozabonlarning mahoratini oshirish"ga qaratilgan.

"Men doimo o'zimga borimni bergan sportning ushbu turiga qarzimni qaytarishni istardim va buning uchun darvozabonlar uchun maxsus markaz ochishni niyat qilgandim", – dedi Kasilyas.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru