Kasilyas "Portu" boshqaruv tarkibida qoladi

Alisher
15 iyul 2019
"Portu" darvozaboni Iker Kasilyas sog'ligidagi muammolaridan so'ng klubning boshqaruv qismida faoliyat yuritadi.

- O'yinchilar va klub bilan yaxshi aloqaga kirishib kyetishga harakat qilaman. Menda yurak xuruji ro'y bergandan so'ng klub prezidenti bilan gaplashgandim. U mening jamoada qolishimni va o'yinchilarga yordam berishimni xohlaydi. O'z o'rnida men ham sheriklarimga yordam berish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilishga harakat qilaman, - deydi 38 yoshli ispaniyalik.

Eslatib o'tamiz, 1 may kuni posbon mashg'ulotlar chog'ida yurak xurujiga uchradi.

Kasilyas yakunlangan mavsum Portugaliya chempionatida 31ta o'yinda maydonga tushgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCPorto