Karvaxal: "Luis Enrike kelishi bilan Ispaniya terma jamoasining o'yin uslubi o'zgarmaydi"

Aslanov Jasurbek
1 avg 2018, 14:15
"Real" himoyachisi Daniel Karvaxal Ispaniya terma jamoasiga Luis Enrike bosh murabbiy etib tayinlangani haqida fikr bildirdi.

"Endi Luis Enrike uslubni o'zgartirish, yoki oldingidek qoldirish haqida o'ylashi kerak. Hozirgi futbolchilar bilan biror narsani o'zgartirish  kerak emas. Bizga to'pga egalik qilish, pozicion hujumlar amalga oshirish yoqadi. Qarshi hujumlarda o'ynaydigan jamoa emasmiz. Shu sababli, uzoq yillar foyda keltirgan uslubda voz kechish kerak emas deb o'ylayman.

Albbata, hammaning o'z uslubi bor. Fransiya boshqacha o'ynab chempion bo'ldi. Ammo biz Yevropa va jahon chempionatida muvaffaqiyat keltirgan o'yin uslubida qolamiz.

Bunday turnirlarda biroz omad kerak. Rossiya bilan penaltilar seriyasida omadimiz kelmadi, chunki bu lotereya edi. Agar keyingi bosqichga o'tganimizda, boshqa Ispaniyani ko'rgan bo'lar edingiz" - deydi Karvaxal.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana