Karvaxal koronavirusga musbat test topshirdi

Alisher
14 yanv 2022
"Real" jamoa himoyachisi Dani Karvaxal koronavirusga musbat test topshirganini xabar qildi.

30 yoshli ispaniyalik futbolchi xavfsizlik qoidalariga muvofiq izolyaciyaga yuborildi.

Futbolchi katta ehtimol bilan 16 yanvar kuni bo'lib o'tadigan Ispaniya Superkubogi finali doirasidagi "Atletik"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

Karvaxal 2021/22 yilgi mavsum "Real" libosida 17ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: realmadrid.com