Karrera Eronda ishlashi mumkin

Mirjalol Normatov
23 iyun 2019, 13:13
"Spartak"ning sobiq bosh murabbiyi Massimo Karrera faoliyatini Eronda davom ettirishi mumkin.

"Tehran Times" xabariga ko'ra, italiyalikning xizmatlariga "Persepolis" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Eronliklar shuningdek, Krunoslav Yurchich, Aleksander Nuri va Valter Dzengoning ishlarini ham kuzatib borishmoqda.

"Persepolis" Eronning amaldagi chempioni hisoblanadi.  Jamoani boshqargan Branko Ivankovich esa yaqindagina klubni tark etgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tehran Times