Karrager: "Veynaldum ko'proq pul istadi, "Liverpul" esa uni xohlamadi"

Mirjalol Normatov
25 iyul 2021, 13:19
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager klubdan ketgan Jorjino Veynaldumning matbuotda qilgan chiqishini tanqid qildi.

Futbolchi matbuot anjumanida "Liverpul" muxlislari uni yoqtirmaganligini aytib o'tgandi.

"Jinining o'yinlari menga yoqqan. Bu gapni aytish juda noto'g'ri. Ijtimoiy tarmoqlar - cirk. Har bir klubning eng yaxshi futbolchilari bo'ladi. Agarda yoqmayotgan bo'lsa, tvitterni o'chirib tashlash kerak.

Veynaldum ko'proq pul istadi. "Liverpul" esa buni rad etdi. Futbol shunday", - dedi Karrager.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal