

Italiyalik mutaxassis futbolchilarni sovrinlarga o'ch emasligi va omadsizliklarda aynan futbolchilar aybdor ekanligini aytgandi.
"Menimcha, Konte termalar vaqtida iste'foga chiqarishlarini istamoqda. "Shporlar" uning diydiyolaridan tezroq qutulishi va buni bugunoq amalga oshirishi kerak. Uning fikriga ko'ra, "Tottenxem" ancha vaqtdan buyon sovrin yuta olmayotganiga futbolchilar aybdor, ammo murabbiy hech qachon o'z jamoasi haqida bunday gapirmasligi kerak.
O'tgan mavsum turnir jadvalida "Tottenxem"dan pastda bo'lgan "Arsenal" ko'plab faktorlar bo'yicha shahardoshidan o'tib ketdi", - dedi "Liverpul"ning sobiq futbolchisi.



