

"U o'ynasa va gol urmasa, "Liverpul" 10 kishi bo'lib harakat qilayotganga o'xshaydi, chunki u boshqa hech narsani taklif qila olmaydi. Uni jamoada ushlab turish uchun yagona sabab - hujumni yakunlash qobiliyati. Starrij o'yinda boshqa hech narsa qila olmaydi.
Kecha Starrij juda yomon o'yin o'tkazdi, odatda u bunday vaziyatlarni yo'qqa chiqarmaydi. Bu Brendan Rojers qo'l ostidagi hujumchi emas. U tezlikka ega edi. Bu jarohat tufayli yo'qoldimi, yo'qmi, bilmayman, ammo uning tempi pasaydi. U faqat to'p bilan muomalada bo'lmoqda.
Deniel o'z vaziyatlaridan foydalana olmagani uchun tanqid qilyapmiz. Umuman olganda "Liverpul"da uning gollar ko'rsatkichi juda yaxshi, ammo hozir o'yini haqida gapiryapman" - deydi Karrager.



