Karrager MYUga David De Xeaning transferi haqida o'ylashni taklif qildi

Alisher
11 iyul 2020, 11:07
"Liverpul" sobiq futbolchisi Jeymi Karrager "Manchester Yunayted"ni kelasi mavsumda o'z natijalarini oshirish imkoniyati bor deb hisoblaydi.

Karragerning fikriga ko'ra, u David De Xeaning darajasiga shubha qiladi.

"Yunayted" darvoza poziciyasi haqida o'ylashi kerak. De Xea anchadan buyon yomon formada. Uning 3 yoki 4 yil oldingi ajoyib darajasiga qaytadi deb o'ylamayman.

Uning yuqori maoshi vaziyatni murakkablashtiradi. Bunday qutulish qiyin. Din Xenderson hali tayyor emas deb hisoblayman. "Old Trafford"da "Sheffild"ga qaraganda boshqacha bosim bor", - deydi Karrager.

Oldinroq, MYU bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher De Xeani kelasi mavsum uchun ham asosiy darvozabon sifatida ko'rishini aytgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: telegraph.co.uk