Karrager: "MYU Mourinyoni xaydab yuborsa, uni top-jamoalar o'ziga chorlamaydi"

Mirjalol Normatov
24 avg 2018, 22:39
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyoni tanqid qildi.

"Mourinyo faqatgina "Manchester Yunayted"ni ideallashtirish va rivojlantirish uchun emas, o'zi bilan ham kurashmoqda. U elitadagi o'z joyini saqlab qolishi kerak. Mourinyo ancha vaqt oldin yuqori saviyali murabbiylar qatoriga kirib bo'lgan.

Agarda u MYUdan iste'foga chiqsa, top-klublar uni boshqa chaqirmaydi. Shunday bo'lgan taqdirda  u o'z saviyasidan pastroq bo'lgan jamoani boshqaradi", - dedi Karrager.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph