Karrager: "Men ham 77 funt - chipta uchun juda qimmat deb hisoblayman"

Aslanov Jasurbek
9 fev 2016, 15:49
"Liverpul" sobiq sardori Jeymi Karragerning takidlashicha, u muxlislar bilan birga so'nggi bahsning 77-daqiqasida maydonni tark etgan.

Oldinroq "Liverpul" ishqibozlari klb o'yinlarining narxi 59 funtdan 77 funtga (101 evro) qimmatlashganidan norozi bo'lgan edi.

"Men ham 77 funt - chipta uchun juda qimmat deb hisoblayman. Bu klub jahonning eng boy jamoalarining o'ntaligiga kiradi, yillik daromad 37 mln. funt. Chipta narxi o'sishi natijasida daromad 2 mln. funtga oshadi.

Bu mablag' transfer muzokaralarida katta rol o'ynamaydi" - deydi Karrager.

10 mingdan ortiq muxlislar "Sanderlend"ga qarshi o'yinnig 77-daqiqasida tribunalarni tark etishdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail