Karpin: "40 gradus issiqda O'zbekistonda futbol? Balki bu kerakdir"

Mirjalol Normatov
21 mar 2023, 19:11
Rossiya termasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin CAFA turniridagi ishtirok borasida gapirdi.

Oldinroq Rossiya termasi iyun oyida Toshkent va Bishkekda bo'ladigan CAFA turnirida mehmon sifatida ishtirok etishi ma'lum qilingandi.

- Taklif tushganini aytishdi. 40 gradus issiqda O'zbekistonda futbol o'ynash kerakmi? Bir tomondan olib qaraganda bu kerak. Biroq boshqa tomondan bu vaqt juda noqulay. Dam olish boshlangan bo'ladi, undan tashqari Kubok finaliga oz vaqt qoladi. Finalda o'ynaydigan futbolchilar termada emas jamoalarida bo'lishadi. Biroq asosiysi - tatil boshlangan bo'ladi. Tatilsiz, tatilsiz - oddiy holatga aylanib bo'ldi. Biroq biz o'ynagan maydonlar... Hozircha turnirning qayerda bo'lishini aytishmadi. Bishkekdagi maydonlar yodingizdami? Agarda o'sha yerda bo'lsa va yana 40 gradus issiq... Bu qotillik. U yerda bizni o'ldirishgandi. Menimcha shunday degan to'g'ri bo'ladi.

- Bu Osiyoga tashlanayotgan qadammi?

- Biz buni ancha oldin boshlaganmiz. Faqat osiyoliklar bilan o'ynayapmiz. Bizda boshqa variantlar yo'q.

- Ishchi guruhdan birorta qaror kutyapsmizmi?

- Bilmasam. U yerda nimalarnidir muhokama qilishyapti. Ammo nimaligini bilmayman, - dedi Karpin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sports.ru