"Karnaval Kubogi". "Napoli" "Paxtakor" yoshlarini mag'lub etdi

3 fev 2015, 01:28
Italiyaning Viarejjio shaharchasida bo'lib o'tayotgan "Karnaval Kubogi"da "Paxtakor" yoshlari o'zlarining dastlabki uchrashuvlarini o'tkazishdi.

Italiyaning nomdor jamoasi hisoblanmish "Napoli" yoshlari bilan o'tkazilgan ilk o'yinda "sherlar" 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchrashdi.

"Paxtkor" yoshlarining yagona goliga Nurillaev 11-metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirib mualliflik qilgan.


1-tur, 2 fevral.

"Napoli" - "Paxtakor" 3:1

"Uzielli" stadioni.

Gollar: Persano (8), Kikirello (11), Prezioso (15), Nurillaev (62-penaltidan).



Manba: championat.asia