

Bir necha kun oldin portugaliyalik mutaxassis Eron terma jamoasining Osiyo Kubogi uchun tayyorgarligiga Qatar futbol assotsiatsiyasi yordam bergani haqida aytgan edi.
"Eron terma jamoasi turnir (Osiyo Kubogi)dan oldin Dohada ikki haftalik yig'in o'tkazib, unda 2ta o'rtoqlik o'yinida ishtirok etgan edi. O'rtoqlik o'yiniga tashrif uzaytirilishi yig'inga aylanib ketdi. Avvaliga Qatar FA Eron terma jamoasini 31 dekabrda o'rtoqlik o'yiniga taklif qildi, keyin esa Eron futbol federatsiyasi Qatarda ko'proq qolishga qaror qildi.
Gap bunda ham emas. Ko'pchilik Keyrushning intervyusidan boshqa xulosa chiqarishgan, ammo portugaliyalik ommaga boshqa narsa demoqchi edi. Gap Eron jamoasi uchun kim qanday yig'in (hamda Venesuelaga qarshi o'rtoqlik o'yini) tashkil qilganida emas. Eron futbol federatsiyasi va mamlakat sport vazirligi yig'in tashkil qilish uchun etarli pul topib bera olmadi. Keyrush aynan shu haqida gapirib, ularning futbol xo'jaligida muammolar muxlislar o'ylaganidan ko'proq ekanligini tushuntirmoqchi bo'lgan" - deb yozadi Alisher Nikimbaev.



