Karlos Teves: "Messini hech qachon sportzalda ko'rmaganman"

Aslanov Jasurbek
12 sen 2018
Hujumchi Karlos Teves "Barselona" hujumchisi Lionel Messi va "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu mashg'ulotlarda qanday ishlashi haqida aytib berdi.

"Messini hech qachon sportzalda ko'rmaganman. U to'pni to'xtatishni mashq qilganini yoki boshqa narsa ustida ishlaganini ko'rmaganman. Leoda hammasi tabiiy sodir bo'ladi.

Krishtianu haqida gapiradigan bo'lsak, u kun bo'yi sportzalda bo'lishim kerak deb o'ylaydi.

U har tomonlama kuchli bo'lishni istaydi. Mashg'ulot soat 9da boshlansa, 8da bazaga kelganimizda Ronaldu shug'ullanayotgan bo'ladi. Bir kuni 6da keldim, lekin yana uni ko'rdim" - deydi Teves.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Depor.com