Karlos Karvaxal - "Suonsi" bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
28 dek 2017
APLda ishtirok etuvchi Uelsning "Suonsi" klubida yangi bosh murabbiy ish boshladi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko'ra, 52 yoshli portugaliyalik murabbiy endilikda "Suonsi"ni boshqaradi. Uning so'nggi ish joyi Angliya Chempionshipida ishtirok etuvchi "Sheffild Uednesday" klubi bo'lgandi. 24 dekabr kuni Karvaxal ushbu klubni tark etgandi. 

"Suonsi"ni boshqargan Pol Klement qoniqarsiz natijalar tufayli iste'foga chiqarilgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/SwansOfficial