Karlos Bakka: "Xitoydan aqlbovar qilmas taklif bo'ldi, lekin pul eng muhimi emas"

Tolibjon Qosimov
24 fev 2017, 21:04
"Milan" hujumchisi Karlos Bakka Xitoydan taklif bo'lganini aytib o'tdi.

"Men "Milan"da qolaman. Menda Xitoydan aqlbovar qilmas taklif bor edi, lekin pul - hayotda eng muhimi emas. Juda ko'p pul topishim, lekin baxtli bo'lmasligim mumkin. Shuning uchun bu yerdaligimdan xursandman va "Milan"ga evrokuboklarga chiqishga yordam bermoqchiman", - deydi Bakka.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sky Italia