

“Modrich “Real”ni tark etishi yolg'on gap.
Klubning barcha futbolchilari bu erda o'ynayotganliklaridan xursand va ular yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishayapti.
Men hech bir futbolchi bilan kyetish yoki ketmaslik haqidagi masalani muhokama qilganim yo'q va shu sabab Modrich hech qaerga kyetmaydi. U biz uchun eng muhim futbolchi va kelasi mavsumda bizning jamoada o'ynaydi”, - deydi Anchelotti.
Eslatib o'tamiz, “Real”ning xorvatiyalik yarim himoyaichisiga “Manchester Yunayted” qiziqish bildirmoqda.



