Karlo Anchelotti: “Krishtianu Ronalduga “Oltin to'p”ni qo'lga kiritish vaqti keldi”

25 okt 2013, 15:25
“Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti, “Oltin to'p” uchun bo'ladigan kurashda, qirollik klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduni qo'llab-quvvatladi.

“Fikrimcha Krishtianu Ronalduga Messi va Riberini ortda qoldirib “Oltin to'p”ni qo'lga kiritish vaqti keldi.

Futbolchi har bir kichik kamchiliklarni bartaraf etgan holda o'z ustida juda qattiq ishlayapti.

Ronaldu – nafaqat maydonga tushib gol uradi, balki insoniylik jihatdan barchaga birdek munosabatda bo'ladi va barchadan o'z yordamini ayamaydi”, - deydi Anchelotti.


Manba: sports.ru